Emmanuel Makron AQSh sudiga rafiqasi Brijit haqiqatan ham ayol ekanini tasdiqlovchi fotosuratlar va ilmiy dalillarni taqdim etadi
Bu haqda Makronlar oilasining advokati BBC'ga ma’lum qildi.
Nashr manbalariga ko‘ra, ushbu hujjatlar Fransiya prezidenti oilasi tomonidan amerikalik o‘ng qanot faoli Kendis Ouensga qarshi ochilgan tuhmat ishi doirasida sudga taqdim etiladi. Ouens o‘z chiqishlarida Brijit Makron "aslida erkak sifatida tug‘ilgan" deb da’vo qilgan edi.
Avvalroq esa Fransiya apellyasiya sudi xuddi shunday da’volarni ilgari surgan jurnalist Natasha Reyni oqlagan edi.