Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050 yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050 yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

Birinchi marta energetika sohasining 2050 yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. Kelgusi yil 1 martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1 iyulga qadar to‘liq bosh reja taqdim etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqotida ma’lum qildi.

Bu hujjatlarda qaysi hududda elektrga talab o‘sishi, qanday infratuzilma zarurligi va yangi quvvatlar qayerda samarali ishlashi ko‘rsatiladi. Shu asosda investorlar ham o‘z rejalarini uzoq muddatga tuzishi mumkin bo‘ladi.

“Yashil” energiya ishlab chiqaruvchilar uchun sertifikatlar va karbon kreditlardan qo‘shimcha daromad olish imkoniyati ham ochiladi. Ulardan keladigan manfaatni davlat va investorlar o‘rtasida adolatli taqsimlash mexanizmlari joriy etiladi. Mazkur jarayonda xalqaro ekologik majburiyatlar va amaldagi shartnomalar to‘liq hisobga olinadi.

Kiritildi: 16:28 16.10.2026. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!