Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda Ekopolisiya tashkil etiladi

O‘zbekistonda Ekopolisiya tashkil etiladi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi negizida Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolisiya) tashkil etiladi.

Prezident Farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalarida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasida nazorat uchun ajratilgan 40 ta shtat birligi Ekopolisiyaga o‘tkaziladi.

Ekopolisiya — Ekologiya qo‘mitasining ekologik xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha ayrim huquqni muhofaza qilish vazifalarini bajaruvchi maxsus bo‘linmasidir.

Farmonga ko‘ra, Ekologiya qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida Ekopolisiya boshlig‘i, uning o‘rinbosari esa Ekopolisiya boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib, tezkor shtabga rahbarlik qiladi.

Ekopolisiya hududiy bo‘linmalari ma’muriy-hududiy cheklardan qat’i nazar, tabiiy ekologik hududlar doirasida tashkil etilishi mumkin.

Ekopolisiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar (elektroshok qurilmalari) va xizmat qurolidan (rezina o‘qli yoki to‘r otuvchi) foydalanish huquqi beriladi hamda ularning maxsus kiyimlariga bodi-kameralar o‘rnatiladi.

Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritilguncha, Ekopolisiya xodimlari tomonidan kuch ishlatish tartibi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan asoslarda amalga oshiriladi.

Kiritildi: 14:19 19.11.2025. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!