Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda Ekologiya vazirligining tashabbusi bilan qo‘riqlanadigan hududlarga plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanadi

A A A
O‘zbekistonda Ekologiya vazirligining tashabbusi bilan qo‘riqlanadigan hududlarga plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanadi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreasiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer maxsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlash to‘g‘risidagi hujjat loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunda mazkur taqiq belgilab qo‘yilgan.
(https://regulation.gov.uz/oz/d/85967)

Qonunga ko‘ra, bunday huquqbuzarlik fuqarolarga BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha (660 ming so‘mdan 1 million 650 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 million 650 ming so‘mdan 3 million 300 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdordagi qiymatda sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 million 300 ming so‘mdan 4 million 950 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (4 million 950 ming so‘mdan 6 million 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.

Huquqbuzarlikni ko‘p miqdordagi qiymatda sodir etgan fuqarolar BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 million 600 ming so‘mdan 8 million 250 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslar esa 25 baravaridan 30 baravarigacha (8 million 250 ming so‘mdan 9 million 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarimaga tortiladi.

Ushbu qonun 2026 yilning 1 iyul sanasidan e’tiboran kuchga kiradi. Maqsad — chiqindilarning atrof-muhit, yer, suv va havoga zararli oqibatlar keltirib chiqarishini kamaytirish, atrof-muhitning tozaligini saqlashdir.

Kiritildi: 18:08 27.09.2023. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!