Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda birinchi Urganch—Xiva pulli avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda

O‘zbekistonda birinchi Urganch—Xiva pulli avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda

35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda. Bu haqda Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Xorazmda o‘tkazilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paygani xabar qilindi.

Davlati rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. Hududga qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investisiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi.

“Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqal’a va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya ta’minotiga xizmat qilmoqda.

Bildirilishicha, bugungi kunda Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi.

25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda.

Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar ob’ektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 12:32 18.08.2026. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!