Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda ayollar orasida ipoteka kreditiga talab o‘sdi

O‘zbekistonda ayollar orasida ipoteka kreditiga talab o‘sdi

O‘zbekistonda 2025 yilning birinchi yarmida ayollar tomonidan ipoteka kreditiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, bu davrda jami 31 589 nafar fuqaro ipoteka krediti olgan bo‘lib, ularga 9,44 trln so‘mlik mablag‘ ajratilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 37 foizga oshgan. Ipoteka krediti olgan ayollar soni 12 229 nafarni tashkil qilib, umumiy kredit oluvchilarning 39 foizini tashkil etgan. Ularning ulushi o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga ko‘paygan. Ayollarga 3,6 trln so‘m, erkaklarga esa 5,84 trln so‘m ipoteka krediti ajratilgan.

Kredit oluvchilar asosan yoshlar va 31–50 yoshli fuqarolardan iborat bo‘lgan. Ya’ni, 18–30 yoshlilar 25 foizni, 31–50 yoshlilar 66 foizni, 50 yoshdan yuqorilar esa 9 foizni tashkil etgan. Birlamchi uy-joylarga talab ancha yuqori bo‘lib, bunday kreditlarni 75 foiz fuqaro olgan.

2025 yilda ipoteka moliyalashtirishning asosiy manbai Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lib, uning hissasi 6,39 trln so‘mni tashkil etdi. Bank mablag‘lari 2,25 trln so‘m, Ipoteka moliyalashtirish kompaniyasi esa 794 milliard so‘m ajratgan.

Ikki yillik tahlilga ko‘ra, bank mablag‘lari hisobiga berilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha foiz stavkalari 25 foiz atrofida saqlangan. Yaqinda ipotekiga subsidiya berish uchun arizalar qabul qilinishi boshlangani haqida ham xabar berilgan edi.

Kiritildi: 16:52 11.07.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!