O‘rtacha oylik ish haqi oshgani sababli rasmiy daromadi yo‘q fuqarolar uchun aliment miqdori ham yangilanadi.
Yangi hisob-kitobga ko‘ra:
➖ bir farzand uchun — 1,7 mln so‘m;
➖ ikki farzand uchun — 2,3 mln so‘m;
➖ uch va undan ortiq farzand uchun — 3,4 mln so‘m.
Qayta hisob-kitob amaldagi qonunchilik asosida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.