Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Mbappening «el-klasiko» oldidan qilgan ishi «Real»ni hayratda qoldirdi

Mbappening «el-klasiko» oldidan qilgan ishi «Real»ni hayratda qoldirdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sababli «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Fransuz jarohatidan deyarli forig‘ bo‘lgan va «el-klasiko»da «qaymoqranglilar» qaydnomasiga kirishi mumkin edi.

Onda Cero nashrining ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvdan bir kun oldingi mashg‘ulot vaqtida yulduzli hujumchiga o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi aytilgan. Oradan besh daqiqa o‘tib, futbolchi o‘zida noqulaylik sezayotganini ma’lum qilgan va tez orada mashg‘ulotni tark etgan, bu esa jamoadagilarning barchasini hayron qoldirgan.

Natijada Kilian Mbappe o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Madridliklar «Kamp Nou»da 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi va kataloniyaliklarning La Ligada muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishiga to‘sqinlik qila olishmadi.

Kiritildi: Bugun 11:29. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!