Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Netanyahu AQShning harbiy yordamidan voz kechmoqchi

Netanyahu AQShning harbiy yordamidan voz kechmoqchi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 10 may kuni AQSh bilan harbiy hamkorlikning moliyaviy qismidan bosqichma-bosqich voz kechish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

"Men bu haqda prezident Trampga aytganman. Buni o‘z xalqimizga ham bildirganman. Ularning hayratdan og‘zi ochilib qoldi... Men ularga “Keling, buni hozir boshlaymiz va keyingi o‘n yillik davomida amalga oshiramiz, lekin men aynan hozir boshlashni istayman”, deb aytdim",— dedi Isroil bosh vaziri CBS News telekanaliga bergan intervyusida.

Netanyahu Isroil Qo‘shma Shtatlardan har yili 3,8 milliard dollar olishiga aniqlik kiritdi. Ushbu yordam AQSh Kongressi tomonidan ma’qullanadi va uni an’anaviy ravishda ham demokratlar, ham respublikachilar qo‘llab-quvvatlab keladi.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!