Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Matbuotda Madridning "Real" klubi tarkibni shakllantirish bo‘yicha turli ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. AS nashrining xabar berishicha, Madrid klubi hujum chizig‘ida Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe xizmatlariga tayanishda davom etmoqchi. Ushbu futbolchilar klub loyihasining asosi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, "Real" hujumkorlikni yanada oshirish maqsadida Endrik va Niko Pasni ham jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, avvalroq Vinisiusning shartnoma borasidagi muzokaralari murakkab kechayotgani sababli, u Madrid klubidagi "daxlsizlar" ro‘yxatiga kiritilmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shubhasiz, "qirollik klubi" atrofidagi transfer mish-mishlari hali davom etadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba kuni "Real" safarda "Barselona"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, Ispaniya chempionligi uchun kurashdan chiqdi.

Kiritildi: 23:49 11.05.2026. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!