Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin Germaniyaning sobiq kansleri Shryoderni “Ukraina bo‘yicha maq’ul muzokarachi”, deb atadi

Putin Germaniyaning sobiq kansleri Shryoderni “Ukraina bo‘yicha maq’ul muzokarachi”, deb atadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarning “G‘arbiy Yevropada muloqot qilish mumkin bo‘lgan sog‘lom fikrli siyosatchilar qoldimi?” degan savoliga javoban Germaniyaning sobiq kansleri Gerhard Shryoder “muzokaralar uchun ma’qul siyosatchi” ekanini aytdi.

Germaniya hukumati ushbu taklifni rad etdi, deb xabar bermoqda bir qancha nemis nashrlari o‘z manbalariga tayanib.

Rasmiy Berlinning fikricha, bu taklif ishonchga loyiq emas, chunki Rossiya Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha o‘z shartlaridan birortasini ham o‘zgartirmagan.

Germaniya hukumati vakillariga ko‘ra, Moskvaning uch kunlik sulhni uzaytirishga tayyorligi ishonch uchun birinchi sinov bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!