Ukraina prezidenti Vlodimir Zelenskiy Vladimir Putin "nihoyat real uchrashuvlarga tayyor" ekanini, chunki Kiyev uni bunga "biroz undaganini" ma’lum qildi.
"Hozir Putinning o‘zi nihoyat real uchrashuvlarga tayyorligini aytmoqda. Biz uni bunga biroz undadik, o‘zimiz esa uchrashuvlarga allaqachon tayyorlanganmiz. Endi uchrashuv formatini topish kerak. Bu urushni tugatish va xavfsizlikni ishonchli kafolatlash lozim", — dedi Zelenskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev xavfsizlik va tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlar ijrosi kafolatlari masalasida AQSh bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Xususan, Rossiya bilan asirlarni “1000 ga 1000” formatida almashishga tayyorgarlik ko‘rish muhokama qilinmoqda.
Zelenskiy, shuningdek, e’lon qilingan sulh vaqtida Rossiya ommaviy raketa va aviasiya zarbalari bermaganini, biroq frontda jang harakatlari davom etayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka ichida Rossiya tomonidan 150 dan ortiq hujum, yuzdan ortiq o‘qqa tutish va qariyb 10 mingta dron-kamikadze zarbalari sodir bo‘lgan.