Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Nyu-York shtatining Uayt-Pleyns okrug sudi federal sudyasi Kennet Karas moliyachi Jeffri Epshteyn tomonidan yozilgan deb taxmin qilinayotgan xatni oshkor qildi.

"Ular meni oylab tergov qilishdi va HECh NARSA TOPA OLISHMADI!!! Yakunda esa 15 yil avvalgi ayblovlar paydo bo‘ldi. Xayrlashuv lahzasini o‘zing tanlash imkoniyatiga ega bo‘lish — bu qanday baxt. Mendan nimani xohlaysiz? Ko‘z yoshi to‘kishimnimi?! KUVONCHLI EMAS. BUNGA ARZIMAYDI!!", – deb yozgan Epshteyn.

Ta’kidlanishicha, ushbu xat 2019 yil iyul oyida Epshteynning kameradoshi, sobiq polisiyachi Nikolas Tartalyone tomonidan topilgan — bu voqea Epshteyn kamerada bo‘yniga mato bog‘langan holda hushsiz topilganidan keyin yuz bergan. O‘shanda u tirik qolgan, biroq bir oy o‘tgach Nyu-Yorkdagi qamoqxona kamerasida o‘lik holda topilgan edi. Tartalyonening so‘zlariga ko‘ra, u xatni kitob ichidan topib olgan.

Kiritildi: Bugun 13:26. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!