Daniyaning "Alliance of Democracies" jamg‘armasi tomonidan har yili e’lon qilinadigan "Democracy Perception Index" tadqiqotiga ko‘ra, AQSh reytingi ikkinchi yil ketma-ket pasayib, ilk bor Rossiya ko‘rsatkichidan pastroq bo‘ldi. Vashington endilikda eng salbiy baholanadigan beshta hudud qatoridan joy oldi; undan keyingi o‘rinlarda faqat Isroil, Shimoliy Koreya, Afg‘oniston va Eron qayd etilgan.
2026 yilgi yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning global imij ko‘rsatkichi ikki yil oldingi plyus 22 foizdan minus 16 foizgacha tushgan, Rossiya esa minus 11 foiz, Xitoy esa plyus 7 foiz natija qayd etgan. Shuningdek, respondentlar Qo‘shma Shtatlarni Moskva va Isroildan keyin dunyo tinchligiga asosiy tahdid deb atashgan.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushga munosabat bo‘yicha so‘rovda qatnashgan 98 tamonning 55 tasi Ukrainani, 30 tasi esa Rossiyani ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi. Yevropada Kiyevga xayrixohlik yuqori bo‘lsa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida Moskvaning tarafdorlari ustunlik qilmoqda.
Jamg‘arma asoschisi va NATO'ning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bu ko‘rsatkichlarning keskin tushishini Vashingtonning so‘nggi 18 oy ichida transatlantik aloqalarni shubha ostiga qo‘ygani, yirik bojlar joriy etgani va ittifoqchisi hududiga bostirib kirish bilan tahdid qilgani bilan izohladi. Tadqiqotda jami 94 146 nafar respondent ishtirok etgan.