Agar uyga kelgan ro‘yxatga oluvchining shaxsi ishonchsiz tuyulsa, undan xizmat beydjigini ko‘rsatishni so‘rash kerak.
Beydjikdagi QR-kod orqali xodim haqidagi ma’lumotlarni tekshirish mumkin.
Shuningdek, ikkinchi bosqichda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari faqat “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan o‘tkaziladi, fuqarolardan esa hech qanday SMS-kod yoki pul talab qilinmaydi.