Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Xolid bin Salmon Al Saud AQShning Eronga qarshi ehtimoliy zarba berishini rad etishi Tehron rahbariyatini mustahkamlaydi, deb hisoblaydi.
Bu haqda Axios nashri xabar tarqatmoqda.
Manbalarga ko‘ra, saudiyalik vazir bu pozisiyani Vashingtonda mahalliy tahlil markazlari rahbarlari ishtirok etgan yopiq brifingda bayon qilgan. Axios ta’kidlashicha, bir kun oldin u AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Xegset, AQSh Prezidentining elchisi Stiven Uitkoff va Qurolli Kuchlar shtabi boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn bilan uchrashgan.
Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri, portalning yozishicha, "hozirgi bosqichda, agar bu [Eronga qarshi zarba] amalga oshirilmasa, bu faqat Eron rahbariyatini kuchaytiradi", deb ta’kidlagan.
Axiosning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni vaziri Tramp ma’muriyati vaziyatning keskinlashuvidan qochishga harakat qilib, harbiy choralar ko‘rishi kerak degan fikrni bildirgan. Axios bunday bayonotlar Ar-Riyodning rasmiy pozisiyasiga zid ekanligini ta’kidlaydi.