Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda 86 turdagi tovarlar uchun eksport boji joriy qilindi

O‘zbekistonda 86 turdagi tovarlar uchun eksport boji joriy qilindi

2025 yil 14 mart kuni Prezidentning PF-47-son Farmoni qabul qilinib, eksport tartib-taomillari Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga muvofiqlashtirildi.

2025 yil 1 iyuldan boshlab 86 turdagi tovarlarga eksport boji joriy etiladi.

Eksport boji qo‘llanadigan asosiy tovarlar:
➖ Charm xomashyosi, ipak, paxta ip-kalavasi, trikotaj matolar
(Ilgari uyushmalar yig‘imlari bor edi, endi bekor qilindi)
➖ Go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, don, guruch, mineral o‘g‘itlar, charm xomashyosi, PET chiqindilar, rangli metall lom va chiqindilari
(Ilgari eksportga Hukumat ruxsati talab qilinar edi, endi talab olib tashlanib, bojxona boji joriy qilindi)
➖ Tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral o‘g‘itlar, polietilen, polipropilen, polisterol, PVX, mis xomashyosi
(Qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun boj joriy qilindi)

Kiritildi: 14:35 17.03.2025. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!