Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasida birlashish imkonsiz, chunki ikki davlat dushmanlik ekanini aytdi.
Uning KXDR Oliy xalq assambleyasi majlisidagi so‘zlaridan Koreya markaziy axborot agentligi iqtibos keltirgan.
"Koreya Respublikasi barcha sohalarda amerikalashgan va yarim falaj, dahshatli bir tuzilma, qaram davlat. Bu mutlaqo begona davlat", - deya ta’kidladi Shimoliy Koreya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlat rahbariyatining o‘zgarishi uning KXDRga nisbatan dushmanligini o‘zgartirmaydi.
"Tarixda bunday dushman davlatlarning birlashishiga misol bormi?" - dedi KXDR yetakchisi.
Shimoliy Koreya yetakchisiga ko‘ra, ikki Koreya o‘rtasida birlashishning mumkin emasligi qonun bilan mustahkamlanadi.