Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning sobiq yordamchisi Tara Ridga Rossiya fuqaroligini berdi. Tegishli farmon Kreml saytida e’lon qilindi, deb yozdi RBK.
Rid 1990-yillarning boshida Bayden senator bo‘lganida uning ofisida yordamchi bo‘lib ishlagan.
2020 yilda Bayden prezidentlikka nomzodini qo‘yganida, Rid uni birgalikdagi faoliyati davomida sodir bo‘lgan zo‘ravonlikda ayblagan edi.
Rid 2023 yilda Rossiyaga ko‘chib o‘tgan va buni AQShda tahdidlar bo‘layotgani bilan izohladi. Ko‘chib o‘tgandan so‘ng, u RT propaganda telekanali bilan hamkorlik qildi.
Umuman olganda, Rossiya fuqaroligini olish uchun uning talabgori mamlakatda kamida besh yil qonuniy yashagan bo‘lishi kerak.