"Arsenal"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu hafta sodir bo‘lgan voqealar haqida gapirmasdan turib, ushbu uchrashuvni tahlil qilib bo‘lmaydi. “Manchester Yunayted” va “Napoli”ga qarshi qiyin o‘yinlarni o‘tkazdik. Jamoamning matonat bilan harakat qilyotkanlari oldida shlyapamni echaman.
Natija adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Biz bir nechta o‘zgarishlar qildik, lekin menimcha, "Arsenal" bugun yaxshiroq jamoa edi. Natija o‘tgan mavsumdagidan va o‘tgan hafta “Yunayted”ga qarshi o‘yindan yaxshiroq bo‘ldi, shuning uchun biz bugungi natijadan qoniqdik.
Ular kuchliroq edi, bizda esa charchoq sezildi. “Napoli”ga qarshi hissiyotlarga boy o‘yin o‘tkazdik, keyin Londonga etib olishimiz uchun 4-5 soat kerak bo‘ldi. Bu juda qiyin. Biz ruhiy jihatdan juda kuchli bo‘lishimiz kerak edi va buni uddaladik. O‘yinlar orasida vaqt kamligi bizni charchatmoqda.
Shuningdek, jamoada jarohatlanganlar soni ham ko‘p. Bugun ham Abduqodir Husanov jarohat olib maydoni erta tart etdi, - dedi Gvardiola.