Istanbulning Fatih tumanida o‘zbekistonlik ayol uyida o‘lik holda topildi. Bu haqida mahalliy telekanallar xabar berdi.
Qayd etilishicha, asli andijonlik ekani aytilayotgan ayolning jasadi uyida 3 kun qolib ketgan, keyin qo‘shnilar sezib qolib polisiyaga xabar berishgan.
Ayol yashagan uyga kelgan uy egasi va do‘sti kalitsoz yordamida eshikni ochgan va ayolni bo‘g‘zidan kesilgan holda ko‘rishgan. Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan.
Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, ayol avval deportasiya qilingan va mamlakatga kirish taqiqlangan. Keyinchalik ism-familiyasini o‘zgartirgan holda Turkiyaga kirib borgan.
Hozirda ushbu jinoyat bo‘yicha Turkiyada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov harakatlarini olib bormoqda.