Rossiyaning Kamchatka sharqiy sohillarida 7,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlarining episentri Petropavlovsk-Kamchatskiydan 125 km shimoli-sharqda joylashgan.
Zilzila o‘chog‘i 40 km chuqurlikda joylashgan. AQShning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) sunami xavfi haqida ogohlantirdi. AQSh Geologiya xizmati zilzila magnitudasi 7,8 ni tashkil qildi.
Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodov barcha xizmatlar yuqori shay holatga keltirilganini ma’lum qildi.
"Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, magnitudasi 7,2 ballni tashkil etgan. Yarim orolning sharqiy sohillari uchun sunami xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Aholi ogohlantirilmoqda", — deb yozdi rasmiy o‘zining Telegram-kanalida.