Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Sirdaryoda dahshatli YTH: 2 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi

Sirdaryoda dahshatli YTH: 2 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi

Joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 22:00 lar atrofida Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Furqat mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 20V036 avtomobil yo‘lining «Sholikor-Sirdaryo» yo‘nalishi 1-kmda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan D.A. otasiga tegishli bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashinani (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib ketishi natijasida YTH sodir etgan.

YTH natijasida avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3 qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:13 22.09.2025. O'qildi: 1563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!