Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopildi

A A A
O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopildi

Shu tariqa 90 gektardan ortiq yer tabiatga qaytarilgan.

2024–2025-yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida jami 47 ta maishiy chiqindi poligoni rekultivasiya qilinib, usti tuproq qatlamlari bilan yopildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi xabar berdi.

2024 yilda bajarilgan ishlar hajmi:

  • Qoraqalpog‘iston — 1 ta poligon (11 ga),
  • Andijon — 6 ta (14,90 ga),
  • Buxoro — 1 ta (0,50 ga),
  • Qashqadaryo — 5 ta (19,15 ga),
  • Namangan — 3 ta (5,38 ga),
  • Samarqand — 1 ta (2,40 ga),
  • Toshkent — 3 ta (9,58 ga),
  • Farg‘ona — 6 ta (17,11 ga),
  • Xorazm — 1 ta (1 ga).

2025 yilda respublika bo‘yicha jami 18 ta chiqindi poligonida rekultivasiya jarayonlari yakunlandi. Bu hududlarning umumiy maydoni 81,68 gektarni tashkil etadi.

Umumiy hisobda, mamlakatdagi mavjud 185 ta chiqindi poligonining 47 tasida ekologik qayta tiklash ishlari olib borilgan.

Shuningdek, respublika bo‘yicha 42 ta chiqindi to‘plash maydoni butunlay yopilib, 90 gektarga yaqin yer tabiiy ekotizimga qaytarildi.

Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 22:14 30.10.2025. O'qildi: 1617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!