Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda 1 mln nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar bor

O‘zbekistonda 1 mln nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar bor

2025 yilning I choragi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 1 031 609 nafarni yoki aholining 2,7 foizini tashkil etadi.

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning 465 645 nafari yoki 45 foizi ayollar, 565 964 nafari yoki 55 foiz erkaklar bo‘lib, ularning 173 285 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi. Bundan tashqari:

  • I guruh nogironligi — 94 722 nafar;
  • II guruh nogironligi — 695 372 nafar;
  • III guruh nogironligi — 67 006 nafar.

Nogironligi bo‘lganlarning yoshi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 30 yoshdan pensiya yoshigacha bo‘lganlarda (493 879 nafar) belgilangan.

2025 yilning o‘tgan davri mobaynida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan 17 499 nafar shaxsga birlamchi, 41 487 nafar shaxsga qayta nogironlik berilgan.

Bunda birlamchi nogironlik asosan qon aylanish a’zolari kasalliklari (2808), suyak-mushak kasalliklari tizimi kasalliklari (1900), tug‘ma nuqsonlar (1724), endokrin kasalliklari (1580), asab tizimi kasalliklari (1349) bo‘yicha belgilangan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich:

  • Samarqand (110 189);
  • Qashqadaryo (108 041);
  • Farg‘ona (94 395);
  • Andijon (88 470);
  • Surxondaryo (88 470).

Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo (38 123), Jizzax (44 496), Navoiy (48 172) va Buxoro (60 446) viloyatlarida kuzatilgan.

Kiritildi: 01:57 16.04.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!