Ukraina va Moldova Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmoqda. Muzokaralarning birinchi bosqichini rasman ochishga tayyorgarlik boshlandi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengashida Kipr raisligining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
"Bu voqea ikki mamlakatning yevrointegrasiya yo‘lidagi muhim bosqichni anglatadi va YEIning birligi hamda qat’iyatining yorqin dalilidir", — deyiladi xabarda.
Kiyev va Bryussel Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha barcha muzokara bosqilarini ekspertlar darajasida norasmiy tarzda mart oyining o‘rtalaridayoq ochib bo‘lgan edi. Kiyev uchun muzokara bosqichlarining rasman ochilishiga Vengriyaning vetosi to‘sqinlik qilayotgandi.
Biroq 3 iyun kuni mamlakat bosh vaziri Peter Madyar uni olib tashlashga tayyorligini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Budapesht Kiyev bilan Ukrainada istiqomat qiluvchi 100 ming npfar vengr milliy ozchiligining til, ta’lim, madaniy va siyosiy huquqlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Madyarning ta’kidlashicha, Ukrainaning bu majburiyatlari uning Yevropa Ittifoqiga nisbatan harakatlar rejasida ham o‘z aksini topadi.