Rossiya Tashqi razvedka xizmatining bildirishicha, Yevropa Ittifoqi Armanistonning yevrointegrasiyasi uchun shart sifatida Rossiya bilan ko‘p asrlik diniy-ruhiy aloqalarni butunlay uzishni talab qilyapti.
"Shu munosabat bilan yevropalik mulozimlarga Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tarixi Yevropa Ittifoqi tarixidan beqiyos darajada qadimiyroq ekanligini eslatib qo‘ymoqchimiz. Birodarlik xalqlarimizning ruhiy-diniy rishtalari har qanday siyosiy-texnologik loyihalardan ko‘ra chuqurroq va mustahkamroqdir.
Bu rishtalar ko‘p narsalarni boshdan kechirgan va o‘z madaniy-tarixiy o‘zligidan allaqachon voz kechgan, asl ildizini unutgan Yevropa Ittifoqi rasmiylarining hujumlaridan ham, shubhasiz, ustun keladi", deyiladi bayonotda.