Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Bagama orollarida haqiqiy "Karib dengizi qaroqchilari"ning kemalari topildi

Bagama orollarida haqiqiy "Karib dengizi qaroqchilari"ning kemalari topildi

Arxeologlar Bagama orollarida haqiqiy "Karib dengizi qaroqchilari"ning kemalarini topishdi, deb yozmoqda The Guardian.

XVII–XVIII asrlarda qaroqchilarning asosiy boshpanasi bo‘lgan Nassau bandargohida oltita cho‘kkan kema aniqlandi. Ulardan uchtasi "qaroqchilikning oltin davri" bilan bog‘liq. Tadqiqotchilar dengiz tubidan kemaning yongan korpusi, to‘p, mushket o‘qlari, aylanuvchi qurollar va boshqa artefaktlarni olib chiqishdi.

Taxminlarga ko‘ra, topilgan kema afsonaviy qaroqchi Genri Everiga tegishli bo‘lishi mumkin.

Olimlarning fikricha, qaroqchilar o‘z jinoyatlari izini yashirish uchun qo‘lga olingan kemalarni ataylab yoqib yuborishgan, deyiladi gazeta maqolasida.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!