Xitoyliklar insult paytida hayotni saqlab qolishga yordam beradigan burun spreyini ishlab chiqishdi.
NanoPowder nanozarrachalar bilan burunga purkaladi va gematoensefalik to‘siqni (dori vositalari o‘ta olmaydigan himoya qobig‘ini) chetlab o‘tib, preparatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga yetkazib beradi.
Insult vaqtida bemorlarning 85 foizi shifoxonaga yetib borishga ulgurmaydi, shu sababli sprey «tezkor qutqaruv» vositasi vazifasini o‘taydi: shifoxonaga yetguncha zarur vaqtni yutishga imkon beradi hamda harakat va nevrologik funksiyalarni saqlab qolishga yordam beradi. Preparatni odamlarda simovlari 2030-yilda boshlanishi kutilmoqda, shundan so‘ng uni dorixonalarda sotish rejalashtirilyapti.