Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Turkiyalik erkak dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi

Turkiyalik erkak dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi

Bu haqda Euronews xabar berdi.

Turkiyaning Van provinsiyasida yashovchi 32 yoshli Ahmad Jahangard Takaloning bank hisobvaraqlari tekshirilmoqda. Bunga uning hisobiga to‘satdan, hech qanday sababsiz qariyb 1 trillion lira (21,8 milliard dollar) kelib tushgani sabab bo‘ldi.

Bu uni dunyoning eng boy odamlari qatoriga qo‘shishi mumkin edi. Biroq bank tomonidan qo‘yilgan blok tufayli Takalo bir oydan beri o‘z hisoblaridan foydalana olmayapti.

Xabar berilishicha, asli ozarboyjonlik bo‘lgan va qariyb 10 yildan beri Turkiyada yashab kelayotgan Takalo supermarketda xarid uchun bank kartasi orqali pul to‘lay olmagan. Shundan so‘ng u nima bo‘layotganini bilish uchun bank filialiga borgan. Uning hisobvaraqlari tekshirilganda, unda naqd 999 milliard 999 million 999 ming 999 lira va 99 qurush mablag‘ borligi aniqlangan.

Takalo bu pullar uning hisobiga qanday kelib qolgani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Favqulodda vaziyat tufayli uning hisoblari muzlatib qo‘yildi va surishtiruv boshlandi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!