Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

NATO bosh kotibi Rossiya harbiylariga murojaat qildi

NATO bosh kotibi Rossiya harbiylariga murojaat qildi

"Frontda halok bo‘lishingiz yoki yaralanishingiz ehtimoli juda yuqori va katta ehtimol bilan, agar yaralansangiz, sizni loy ichida azoblanib o‘lishga tashlab ketishadi", — dedi Mark Ryutte.

Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Kiyevda Ukraina prezidenti bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida "yosh rossiyaliklar va ularning oilalariga" murojaat qildi.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari Ukrainadagi urushga ketayotgan askarlarga berayotgan qurollar talabga javob bermaydi.

"Siz bilan adolatsiz bitim tuzishmoqda. Urushga ketayotgan siz kabi yosh yigitlarni o‘qitishmaydi, tayyorgarlikdan o‘tkazishmaydi", — deya ogohlantirdi u.

Alyans bayonotiga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda har oyda 30 mingdan ortiq odamini yo‘qotmoqda. Bu Sovet Ittifoqi 1980-yillarda Afg‘onistondagi 10 yillik urush davomida ko‘rgan yo‘qotishlaridan ham ko‘proqdir, deya ta’kidladi alyans ushbu raqamlarni mutlaqo hayratlanarli deb atar ekan.

"Shuning uchun, biz o‘n minglab qurbonlar haqida gapirganimizda — bu mavhum raqamlar emas. Katta ehtimol bilan bu siz bo‘lishingiz mumkin", — deya ta’kidladi Ryutte.

Kiritildi: Bugun 20:10. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!