Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

BMT Butunjahon meteorologiya tashkilotining prognoziga ko‘ra, Tinch okeanidagi “El Nino” hodisasining qaytishi mintaqaga mana shunday “kutilmagan holat”ni olib keladi.

"Ekvatorial Tinch okeanidagi jarayonlar va Markaziy Osiyo ob-havosi o‘rtasidagi bog‘liqlik bir qarashda tushunarsiz tuyulishi mumkin. Biroq 2026 yilda xavfli kumulyativ effekt yuzaga keladi. Antropogen omil sababli sayyora atmosferasi va gidrosferasi allaqachon xavfli darajada qizib ketgan", deyiladi prognozda.

Ta’kidlanishicha, ob-havoning normal o‘zgarishi o‘rniga, mintaqaga ulkan miqdorda yog‘ingarchilik to‘satdan yopiriladi. BMT prognozlariga ko‘ra, yilning bu paytida odatda quruq ob-havo kuzatiladigan Markaziy Osiyo va AQSh janubi anomal yog‘ingarchilikning asosiy nishonlaridan biriga aylanadi.

Shu bilan birga, Markaziy Amerika, Janubiy Amerikaning shimoli, Karib havzasi, Avstraliya, Indoneziya va Janubiy Osiyoning ayrim qismlarida asosan quruq ob-havo kuzatiladi.

“El Nino” — bu Tinch okeani ekvatorial qismining markaziy va sharqiy hududlarida yuza suvlarning anomal isishi bilan bog‘liq iqlim hodisasidir. U yer yuzining turli mintaqalarida atmosfera sirkulyasiyasi va ob-havo sharoitlariga ta’sir ko‘rsatadi. Hodisa odatda har 2-7 yilda bir marta sodir bo‘ladi va taxminan bir yil davom etadi. Biroq uning ta’siri Tinch okeanidan ancha uzoqda seziladi va deyarli butun Yer sharida harorat va yog‘ingarchilik tartibini o‘zgartiradi.

Kiritildi: Bugun 12:54. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!