Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston World Boxing tashkilotining Jahon kubogini 5 ta oltin medal bilan yakunladi

O‘zbekiston World Boxing tashkilotining Jahon kubogini 5 ta oltin medal bilan yakunladi

Xabaringiz bor, 31 mart - 5 aprel kunlari Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslariga mezbonlik qildi.

Tunda musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslar 10 ta vaznda tashkil etildi.

Musobaqada O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Bu orqali vakillarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etishdi. Ikkinchi o‘rinni mezbon Braziliya 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan egallagan bo‘lsa, qo‘shnilarimiz Qozog‘iston 3 ta oltin (ikki erkak va bir ayol) va 3 ta bronza bilan kuchli uchlikka kirishdi.

Terma jamoamiz safidagi g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin:

-50 kg. Asilbek Jalilov

-75 kg. Fazliddin Erkinboyev

-80 kg. Javohir Ummataliyev

-90 kg. To‘rabek Xabibullayev

+90 kg. Jahongir Zokirov

Kumush:

-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov

-85 kg. Akmaljon Isroilov

Bronza:

-60 kg. Madiyar Daniyarov.

Kiritildi: 19:35 06.04.2025. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!