Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18 mart kuni telefon orqali muloqot qildilar.

Etakchilar yaqinlashib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladilar.

Oliy darajadagi kelishuvlarni, eng avvalo, savdo, sanoat kooperasiyasi, logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Transport-tranzit va energetika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - YEI" sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Kiritildi: 18:11 18.03.2025. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!