Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba imzolagan. Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirgan.

Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, — deyiladi xabarda.

Shu tariqa, G‘arbiy Afrikada joylashgan Gambiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi. 6 mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolangan edi.

Kiritildi: 11:42 19.03.2024. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!