Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi​​​​​​​

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi​​​​​​​

Prezidentning joriy yil 6 martdagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ-84-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida afg‘on tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.

Kiritildi: 16:00 11.03.2026. O'qildi: 1266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!