Bugun jamoamizning mag‘lubiyatga uchrashga umuman haqi yo‘q!
Sababi: musobaqa formatiga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolganida dastlab o‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan natijalar inobatga olinadi.
Agar Panama bugun g‘alaba qozonsa, ochko bo‘yicha O‘zbekistonga yetvolib, o‘zaro o‘yindagi muvaffaqiyat evaziga bizdan o‘tib ketadi.
Albatta, bunday holatda ham guruhdan chiqish imkoni bor.
Buning uchun Paragvay Irlandiyaga yutqazishi kerak.
Shunda uchta jamoaning ochkolari teng bo‘ladi va ularning o‘zaro bahslaridagi natijalar hisoblanadi...
Ammo jamoamiz bu haqda o‘ylamasdan, maydonga faqat g‘alaba uchun tushishi lozim!
Durang ham bizga pley-offga yo‘l olish imkonini beradi. Agar g‘alaba qozonsak, guruhda kamida 2-o‘rinni qo‘lga kiritamiz.
O‘zbekiston — Panama, Irlandiya — Paragvay uchrashuvlari Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da start oladi.