AQSh prezidenti Donald Tramp agar uning ma’muriyati tomonidan joriy qilingan tariflar Oliy sud tomonidan noqonuniy deb topilsa, Vashington o‘zining savdo hamkorlariga 2 trillion dollardan ortiq mablag‘ni qaytarishga majbur bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy sahifasida yozdi.
Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu tariflar va tegishli investisiyalar orqali olinadigan katta miqdordagi daromadni anglatadi.
"Biz to‘lashimiz kerak bo‘lgan tarif daromadlari va investisiyalar hajmi 2 trillion dollardan oshadi va buning o‘zi milliy xavfsizlik halokati bo‘ladi", dedi u.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, uning Oliy suddagi raqiblari "oson yo‘l xayolini yaratish uchun raqamlarni kamaytirmoqda".