Isroil Knesseti (parlamenti) terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy qiluvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 120 deputatdan 39 nafari qonun loyihasini yoqlab, 16 nafari qarshi ovoz bergan.
Yalpi majlisdagi munozaralar chog‘ida isroillik arablar manfaatlarini himoya qiluvchi chap qanot “Xadash-Taal” bloki vakili M.K.Ayman Ode va milliy xavfsizlik vaziri, o‘ta o‘ng yahudiy kuchlari partiyasi yetakchisi Itamar Ben-Gvir o‘rtasida janjal kelib chiqqan va bu “deyarli mushtlashuvga aylangan”.
Qonun loyihasini hukumat koalisiyasiga kiruvchi “Yahudiy kuchi” partiyasidan MK Limor Son Xar-Melex taklif qilgan.