AQSh prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni buyuk lider sifatida ta’rifladi.
Amerika yetakchisi bu haqda Oq uyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida efirga uzatilgan jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tgan.
Tramp Erdo‘g‘anni "juda kuchli armiyaga ega buyuk lider" deb atadi. Suriyadagi vaziyatga izoh berar ekan, Turkiyaning muhim roliga urg‘u berdi: “Prezident Erdo‘g‘an buyuk lider va Suriyadagi voqealarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi”.
Oq uy rahbari Vashington Suriyadagi jarayonlarda Anqaraning muhim rolini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
"Men sakkizta urushni tugatdim, yaqinda to‘qqizinchi urushni tugataman", dedi Tramp.