Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan boshlab Moskva aeroportiga qo‘ngunga qadar Rossiya Mudofaa vazirligining Su-35 samolyotlari Qozog‘iston Prezidenti bilan Rossiya havo hududida yonma-yon uchdi. Bu haqda Aqorda matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘iston Prezidenti 11-12 noyabr kunlari Rossiya Federasiyasiga davlat tashrifi bilan bordi.
Ikki davlat rahbarlari muzokaralar olib boradi.
Shuningdek, Qasim Jomart Toqayev Oral shahrida bo‘lib o‘tadigan XXI Qozog‘iston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumining yalpi majlisida videoaloqa orqali ishtirok etadi.
Tashrif doirasida bir qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.