Kapadze O‘zbekiston terma jamoasidan ketdi.
44 yoshli mutaxassis (ya’ni, terma jamoa murabbiyi sifatida hali yosh hisoblanadigan) Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘inga bormaydi.
Noyabr oyida o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi — bu turnir 2026-yilgi Jahon chempionati uchun tayyorgarlik sifatida qaralmoqda.
✍️Championatasia’ning xabar berishicha, O‘zbekistonni mundialga olib chiqqan murabbiy Timur Kapadze bu safar terma jamoa bilan birga bo‘lmaydi. Rahbariyat uning faoliyatini shu yerda yakunlashga qaror qilgan.
O‘zbekiston delegasiyasi ertaga BAAga uchib ketadi.