O‘zbekiston U-17 terma jamoasi jahon chempionatida Paragvay, Panama va Irlandiya bilan J guruhidan joy oldi.
Musobaqa 3–25-noyabr kunlari Qatarda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.