Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini minalardan tozalash 2019 yil oxirigacha davom etadi.

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini minalardan tozalash 2019 yil oxirigacha davom etadi.

O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari orasida, asosan tog‘li hududlarga to‘g‘ri keladigan chegara mintaqalarida minalarni zararsizlantirish amaliyoti 2019 yilning oxirigacha davom etadi. Ushbu masala Tojikiston va O‘zbekiston Strategik tadqiqotlar markazlari ekspertlarining 5 oktyabr kuni Dushanbe shahrida o‘tkazilgan uchrashuvida muhokama qilindi, deb yozmoqda Turon24 nashri.

Uchrashuvda ekspertlar oxirgi bir yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda buyuk o‘zgarishlar amalga oshirilganiga e’tibor qaratish bilan birga, chegara mintaqalarini minalardan tozalash masalasi hal bo‘lmaganiga urg‘u berishdi.

Tojikiston respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi raisi Xudoyberdi Xoliqnazarning aytishicha, ikki davlat harbiylari chegaradagi hududlarni minalardan tozalash ishlarini boshlashgan. Bu amaliyot 2018 yilning 9-10 mart kunlari O‘zbekiston rahbarining Dushanbega davlat safari paytida prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon imzolagan qo‘shma bayonotda ko‘rsatilgan kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 00:40 08.10.2018. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!