Hozirda BAAning "Baniyas" klubida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik markaziy yarim himoyachi Akmal Mozgovoy faoliyatini yana yurtimizda davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, hozirda "Nasaf", "Andijon" va "Paxtakor" 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Mozgovoyning BAA klubi bilan 2027 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan shartnomasi bor. Transfermarkt uni 1.3 million yevroga baholamoqda.
Akmal "Baniyas" safida jami 12 ta o‘yinda maydonda 595 daqiqa harakat qildi. Unda golli harakatlar yo‘q.