O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov mashg‘ulotlar paytida oyog‘ining boldir mushak qismida noqulaylik his qilgan.
Tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalarga ko‘ra, himoyachimizning tiklanishi uchun 1 hafta muddat talab etiladi.
Ayni damda Alijonov tibbiy shtab nazorati ostida individual ravishda tiklanish mashg‘ulotlarini olib bormoqda, deyiladi O‘FA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi vakillarimiz Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi.