Ozarbayjonning "Sabah" klubi UYEFA Chempionlar ligasi liga bosqichidagi uy uchrashuvlari uchun chiptalar paketini sotuvga chiqardi.
Klub muxlislarga bitta paket orqali "Sabah"ning YECHLdagi barcha 4 ta uy uchrashuvini stadiondan tomosha qilish imkonini taqdim etmoqda. Bokuliklar o‘z maydonida "Slaviya", "Borussiya Dortmund", "Barselona" va "Napoli"ni qabul qiladi.
Chiptalar narxi sektorga qarab 35 manatdan 285 manatgacha belgilangan. 21 sentyabrdagi kurs bo‘yicha bu taxminan 243 ming so‘mdan 1 million 983 ming so‘mgacha degani. Dollarda esa narxlar taxminan 21 dollardan 168 dollargacha.
"Sabah"ning YECHLdagi uy o‘yinlari:
13 oktyabr — "Sabah" — "Slaviya"
20 oktyabr — "Sabah" — "Borussiya Dortmund"
25 noyabr — "Sabah" — "Barselona"
20 yanvar — "Sabah" — "Napoli"