O‘zbekiston terma jamoasi FIFA Series doirasida Gabonga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda mehmonlar 6-daqiqada Teddi Averlant tomonidan urilgan gol evaziga oldinga chiqib olishdi. 13-daqiqada Eldor Shomurodov Aziz G‘aniyevning standartdan uzatgan uzatmasini golga aylantirdi.
59-daqiqada vakillarimiz yana bir golni standartdan so‘ng kiritishdi. Jahongir O‘rozov gol muallifi.
90+4-daqiqada Alisher Odilov qarshi hujum orqali o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi - 3:1.
Fabio Kannavaro shogirdlari 30 mart kuni Venesuela bilan to‘qnash keladi.
27.03.2026 | Toshkent «Bunyodkor» stadioni
Gollar: Teddi Averlant 6 (0:1), Eldor Shomurodov 13 (1:1), Jahongir O‘rozov 59 (2:1), Alisher Odilov 90+4 (3:1)
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov (Behruz Karimov, 76), Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov (Umarali Rahmonaliyev, 90+2), Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 76), Aziz G‘aniyev (Doston Hamdamov, 76), Oston O‘runov (Alisher Odilov, 76), Sherzod Nasrullayev (Farruh Sayfiyev, 90+2), Eldor Shomurodov (Igor Sergeev, 88), Umar Eshmurodov, Jahongir O‘rozov.
Gabon: Fransua Bekale, Nze Bagnama (Noa Lemina, 82), Yoxan Obiang, Teddi Averlant (Edlin Matouti, 82), Urie Mbula, Shevi Babika, Omfia Mik, David Sambissa (Ben Kabinambele, 46), Jeremi Oyono, Didye Ndong.
Ogohlantirish: Kanga (69).