Kompaniya temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishda svetoforning taqiqlovchi ishoralari va ogohlantiruvchi ovozli signallarga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.
Murojaatda bugun, 9 noyabr kuni soat 02:55 da Termiz – G‘alaba bekatlari oralig‘idagi qo‘riqlanadigan kesishmada to‘qnashuv sodir bo‘lgani aytib o‘tilgan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, «Spark» avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasi va ogohlantiruvchi ovozli signal ishlab turganiga qaramay G‘alaba – Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan 3601-sonli yo‘lovchi poyezdining beshinchi vagoniga kelib urilgan. Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi tan jarohati olmagan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» birgina e’tiborsizlik inson hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini eslatib o‘tgan.