Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Stiv Uitkoff Ukraina va Yevropa vakillari bilan uchrashuv yakunlarini ma’lum qildi

Stiv Uitkoff Ukraina va Yevropa vakillari bilan uchrashuv yakunlarini ma’lum qildi

Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, uchrashuvda AQSH, Ukraina va Yevropa hamkorlarining umumiy maqsadlari muhokama qilingan.

Tomonlar bo‘lajak kelishuvlar Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqil qaror qabul qilish huquqini hurmat qilishga asoslanishi, shuningdek, mamlakatga ishonchli xavfsizlik kafolatlari berilishi kerakligini ta’kidlagan.

Shuningdek, urushdan keyingi xavfsizlikni ta’minlash, yangi mojarolarning oldini olish va Yevropa xavfsizligining barqaror tizimini yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Kiritildi: Bugun 18:18. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik